Yangiliklar

img
Wed, 02/23/2022 - 16:35

"Universitet malikasi” koʻrik-tanlovi start oldi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Universitet malikasi” koʻrik-tanloviga start berildi. Bugun ushbu tanlovning   Oʻzbek filologiyasi hamda Oʻzbek tilini oʻqitish fakultetlari  oʻrtasidagi  saralash bosqichi boʻlib oʻtdi. Tadbirni xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Madina Muhammadiyeva tashkillashtirdi. Universitetning "Tarannum" toʻgaragi a'zolari tadbirni tashkil etishda faol qatnashdi. 
Tadbirni universitet xotin-qizlari masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi Gulnoza Joʻrayeva ochib berdi.  Qizlar uch bosqichda oʻzaro bellashdilar. 
1-bosqich -  Tanishtiruv.
2-bosqich- Mevalardan karving tayyorlash.
3-bosqich- Erkin mavzu. 
Qizlarning barchasi yuqori darajada tayyorgarlik koʻrganligini namoyon qilishdi. Ayniqsa, erkin mavzudagi chiqishlar: sheʼrlar, sahna koʻrinishlari, raqslar  talabalarning olqishlariga sazovor boʻldi. 
Bellashuv qizgʻin tus oldi.
Bunda Oʻzbek filologiyasi fakultetidan 
1-oʻrin sohibasi Abdullayeva Moxistara. 
2-oʻrin sohibasi Tilavoldiyeva Sevinch
3-oʻrin sohibasi Ochilova Ziyodalar. 
Oʻzbek tili va adabiyotini oʻqitish fakultetidan 
1-oʻrin sohibasi Hakimova Zebo.  
2-oʻrin sohibasi Turobova Surayyo gʻolib deb topildi.
Gʻoliblarga diplom va sovgʻalar topshirildi. Endilikda 1- va 2- oʻrinni olgan talabalar "Universitet malikasi"ning yakuniy bosqichida ishtirok etadilar.