Yangiliklar

img
Tue, 08/27/2024 - 22:09

Universitet Kengashining yangi tarkibdagi ilk majlisi

2024-yilning 26-avgust kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishni Kengash raisi, akademik Sh.Sirojiddinov olib bordi. Yig'ilish oldidan "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlangan professor Samixon Ashirboyevni jamoa qutladi. Mehnat faxriysi Samixon Ashirboyev uzoq yillik faoliyati mobaynida o'zbek shevashunosligi bo'yicha ko'plab qimmatli tadqiqotlar olib borgan, yuzlab shogirdlarga ustozlik qilgan. 
Shundan so'ng kengash yig'ilishi kun tartibidagi masalalar ko'rib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining  2024-yil 9-iyuldagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida “Registrator ofisi”ni tashkil etish to‘g‘risida” 24-q/q-sonli buyrug‘i ijrosi haqida rektor Sh.Sirojiddinov ma'ruza qilib, mazkur tuzilmaning vazifalari va faoliyati haqida so'z yuritdi. Keyingi masala esa universitet tashkiliy tuzilmasi va kafedralarini optimallashtirish haqida bo'ldi. Fakultet ma'muriy tuzilmasidagi o'zgarishlar natijasida dekanatlar tugatilib, ularning vazifalari qisman bo'limlarga va registrator ofisiga yuklatilishi aytildi. Shuningdek, sohasi yaqin va o'qitiladigan fanlari o'xshash bo'lgan bir nechta kafedralar birlashtirildi. 2024/2025-o‘quv yili o‘quv jarayoni jadvali, ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalari, ishchi o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari, ishchi o‘quv dasturlari (syllabuslar), amaliyot dasturlari, kafedralarning umumiy yuklamalari hamda professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalari, talabalarning GPA (o‘tish bali) ko‘rsatkichini tasdiqlash to‘g‘risida O'quv bo'limi boshlig'i V.Nazarov ma'lumot berdi. Kengashda, shuningdek, Universitet Kengashi hamda Jismоniy vа yuridik shахslаrning murоjааtlаri bilаn ishlаsh, nаzоrаt vа mоnitоring; Tа’lim sifаtini nаzоrаt qilish; О‘quv-mеtоdik; Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash; Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bо‘limlarining 2024/2025-o‘quv yili ish rejalarini tasdiqlandi.