
Universitet bilan tanishtiruv
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti o'ziga biriktirilgan mahalla yoshlari bilan doimiy ravishda tadbirlar, ochiq muloqotlarni tashkil etib kelmoqda. Jumladan, mazkur yilning 2-aprelida Yangihayot tumanining Gulshanobod, Marhamat, Navqiron mahallalaridagi o'quvchi-yoshlar universitet bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurishdi.
O'zbek tili va adabiyotini o'qitish fakultet dekani muovini J.Norquziyev, tyutor A.Xazratov hamda 202-guruh talabasi D.Sattarov mehmonlarga universitetning nufuzi, ilmiy salohiyati, istiqbolli rejalari va milliy reytingdagi o'rni haqida batafsil ma'lumotlar berish barobarida, ularni o’quv binosi bilan tanishtirishdi. Tashrif buyuruvchilarning hayrat va mamnuniyatlari cheksiz bo’ldi.