Yangiliklar

img
Fri, 09/04/2026 - 16:04

Universitet axborot-resurs markazi yangi o‘quv yiliga tayyormi?

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov Axborot-resurs markazida yangi o‘quv yilini munosib kutib olish va talaba-yoshlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. 

Tashrif davomida Axborot-resurs markazida yaratilgan sharoitlar, kitob fondining holati, o‘quv zallari hamda talabalarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Yangi o‘quv yilida talabalar va professor-o‘qituvchilarning axborot-resurslaridan samarali foydalanishini ta’minlash, mavjud imkoniyatlarni yanada kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tez orada foydalanishga topshirilishi kutilayotgan Aziz Qayumov fondi ham yaqindan o‘rganildi. Fondning mazmun-mohiyati, unda jamlanayotgan adabiyotlar hamda olimning ilmiy-adabiy merosini keng targ‘ib etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Mazkur fond universitetning ilmiy-ma’rifiy muhitini yanada boyitishga xizmat qilishi ko‘zda tutilmoqda.

Oʻrganishlar davomida markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, kitobxonlar uchun qulay muhit yaratish va yangi o‘quv yilida talabalarga sifatli axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tegishli vazifa va tavsiyalar berildi. Ayniqsa, yoshlarning mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda ularni milliy va ilmiy-adabiy merosimiz bilan yanada yaqindan tanishtirish masalalariga urg‘u berildi.