
Uljon Boboqulovaning dissertatsiya ishi muhokamasi haqida e'lon
2025-yil 23-iyun kuni soat 10:00 da A blokdagi 322-auditoriyada “O‘zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik” hamda “Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon” kafedralarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda Boboqulova Uljon Suvonovnaning “Abdulla Oripov she’riyatida ayol obrazining tadrijiy takomili” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokama qilinadi.
Dissertatsiya 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan.
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori, professor N. Jabborov.
Taqrizchilar:
– filologiya fanlari doktori, professor G. Ashurova
– filologiya fanlari nomzodi, professor A. Ulug‘ov
Ilmiy jamoatchilik, doktorantlar va magistrlarni muhokamada faol ishtirok etishga taklif etamiz!