
Uch avlod uchrashuvi
Yoshlarni vatanparvarlik, ona yurtga muhabbat, milliy qadriyat, an’analarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ularga tariximizni chuqur o'rgatish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy tadbiri o‘tkazildi. Tadbirga Yakkasaroy tumani “Buvijonlar maktabi” rahbari Kamalova Adiba Qodirovna va “Bog‘saroy” mahallasi nuroniy jamg‘arma raisi Rahimov Muhammadjon Tursunovich tashrif buyurdi.
Unda ustoz-shogird maktabining ahamiyati, sohada fidoyilik koʻrsatgan xodimlar bilan yoshlar uchrashib, oʻzlari uchun kerakli maʼlumotlarga ega boʻlmoqdalar. Ish jarayonida nimalarga eʼtibor berish kerakligi, ayniqsa ajdodlarga munosib avlod boʻlish, yurtimiz taraqqiyotiga daxldorlik hissi bilan yashash har birimizning, ayniqsa, yoshlarning muqaddas burchi ekanligi faxriylar tomonidan qayd etib oʻtildi.