Uç avlod uçraşuvi: avlodlar ehtiromi va maʼnaviy vorislik
2026-yil 26-noyabr kuni Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida yoşlar, örta avlod vakillari hamda nuroniylar iştirokida “Uç avlod uçraşuvi” taşkil etildi.
Uçraşuvda Nuroniy jamğarmasi Yakkasaroy tumani kengaşi aʼzolari Ğofur Mirxaliloviç Merxodjayev, Fazliddin Jalolov, “Mehnat faxriysi” Murod Möminov hamda Odil Otabekov iştirok etdilar.
Samimiy muloqot tarzida ötgan uçraşuvda avlodlar örtasidagi özaro hurmat va mehr-oqibat, hayotiy tajriba almaşiş, milliy qadriyatlar va anʼanalarni yoşlar ongiga singdiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi. Nuroniylar özlarining hayot yöli, mehnat faoliyati va boy tajribalari bilan örtoqlaşib, yoşlarga bilim oliş, izlaniş, Vatanga sadoqatli böliş va el-yurt ravnaqi uçun munosib hissa qöşiş borasida qimmatli tavsiyalar berdilar.
Uçraşuv davomida yoşlar ham öz fikr-mulohazalarini bildirib, katta avlod vakillarining hayotiy saboqlari va nasihatlari ular uçun muhim maʼnaviy tayanç ekanini taʼkidladilar.
Bunday uçraşuvlar yoş avlodni ajdodlar merosiga hurmat, kattalarga ehtirom, Vatanga sadoqat va ezgu qadriyatlar ruhida tarbiyalaş, şuningdek, avlodlar örtasidagi maʼnaviy aloqalarni mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Avlodlar örtasidagi maʼnaviy rişta — jamiyat taraqqiyoti va milliy qadriyatlar davomiyligining mustahkam poydevoridir.

