Yangiliklar

img
Sat, 01/22/2022 - 13:12

Tyutorlar uchun seminar tashkil etildi

Maʼlumki, bugungi kunda barcha oliy taʼlim muassasalarida oliy taʻlim jarayonlarini boshqarish (HEMIS) axborot tizimi orqali amalga oshirish mexanizmi yoʻlga qoʻyilgan. Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida tyutorlik bilan bogʻliq hujjatlarni  tahlil qilishning elektron tizimini amalda joriy etish jarayonlari boshlab yuborilgan. Bugun, 22-yanvar kuni  universitet tyutorlari uchun  HEMIS axborot tizimida shaxsiy sahifasini yaratish  hamda axborot tizimidan mustaqil foydalanishni oʻzlashtirish kabi mavzularni qamrab olgan  seminar-trening tashkil etildi. Seminar treningda HEMIS axborot tizimi bilan ishlash, talabalarni darslardagi ishtirokini kuzatish imkoniyatlari oʻrganildi. Treningda yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻlimi boshligʻi A. Ikromov ham tyutorlarning umumiy faoliyatiga toʻxtalib oʻtdi. A. Ikromov kelgusidagi faoliyat elektron tizimda olib borilishini qogʻozbozlikka oʻrin qolmasligini qayta-qayta taʼkidladi.