Yangiliklar

img
Thu, 11/02/2023 - 17:01

Tyutorlar talabalarning yo'lboshchisi bo'lishi kerak

Universitetimiz tyutorlari Sh.Babakulova va M.Muhammadiyevalar tomonidan "Tyutorlik faoliyatini tashkil etishning dolzarb masalalari" mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminarda  tyutorlarning majburiyatlari, ularning maqsad va vazifalari,  faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tyutorlar faoliyati va ta’lim jarayonini qo‘llab-qo‘vvatlash maqsadida qabul qilinayotgan va imzolanayotgan hujjatlar haqida gapirildi.
Tyutorlik faoliyatini muvofiqlashtirishda 30 dan ortiq me'yoriy-huquqiy  hujjatlarga tayanilishi, tyutorlik faoliyati modeli, ularning kasbiy kompetensiyasi, ishni tashkil qilish va yuritish texnologiyalari, ota-onalar bilan ishlash mexanizmi haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.
O'z navbatida talabalar ishlashda turli muammoli vaziyatlar paydo bo'lishi mumkinligi va bunday individual keyslarda tezkor yechim topish bo'yicha tavsiyalar berildi.