Turkologiya rivojiga qöşilgan hissa xalqaro e’tirof etildi
Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti professori Samixon Aşirboyev xalqaro ilmiy jamoatçilik tomonidan yuksak e’tirofga sazovor böldi. Olim turkologiya va xalqaro ilmiy aloqalar rivojiga qoşgan alohida hissasi uçun L.N. Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti tomonidan “Kultegin” medali bilan taqdirlandi.
Mazkur mukofot turkiy xalqlarning tili, tarixi va madaniyatini ö rganiş, umumiy ilmiy merosini tadqiq etiş hamda turkologiya sohasidagi izlanişlarni yangi bosqiçga olib çiqiş yölida amalga oşirilayotgan faoliyatning muhim e’tirofidir. Ayniqsa, turkiy davlatlar va ilmiy markazlar örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş, ilmiy tajriba almaşinuvi va hamkorlikni kengaytirişda olimlarning örni beqiyosdir.
Samixon Aşirboyevning ilmiy faoliyati özbek tilşunosligi va turkologiya sohalari rivoji, turkiy tillarni qiyosiy ö rganiş hamda ilmiy aloqalarni rivojlantiriş bilan çambarças boğliq. Uşbu mukofot olimning köp yillik ilmiy izlanişlari, sohaga qoşgan hissasi va xalqaro miqyosdagi faoliyatiga berilgan munosib baho sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
L.N. Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti tomonidan ta’sis etilgan “Kultegin” medali turkiy xalqlarning ilmiy va ma’naviy merosini ö rganiş, turkologiya rivojiga hissa qoşiş hamda xalqaro ilmiy hamkorlikniy mustahkamlaş yölida xizmat qilayotgan olimlarni e’tirof etişga xizmat qiladi. Bunday mukofotlar turkiy dunyo ilm-fani vakillari örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaşga ham zamin yaratadi.
Professor Samixon Aşirboyevning uşbu yuksak mukofot bilan taqdirlanişi universitetimiz ilmiy jamoasi uçun ham quvonçli voqeadir. Bu kabi e’tiroflar ilm-fan taraqqiyotiga xizmat qilayotgan professor-öqituvçilar faoliyatining xalqaro miqyosda tan olinayotganidan dalolat beradi. Samixon Aşirboyevni munosib mukofot bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi ilmiy izlanışlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

