Yangiliklar

img
Sat, 04/15/2023 - 17:54

Turkiyalik professordan mahorat darsi

2023-yil 15-aprel kuni O‘zbek tilshunosligi kafedrasi tashabbusi bilan "Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi" fani yuzasidan mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsini Turkiyaning G‘ozi universiteti professori, filologiya fanlari doktori Nejati Demir olib bordi. Mahorat darsida turkiy tillarning qiyosiy tahlili, alifbo, yozuv masalasi, qo‘shimchalar etimologiyasi va so‘z semantikasiga oid tahlillar olib borish usullari, metodlari bayon qilindi. Til tarixini o‘rganar ekanmiz, milliy til, adabiy til va jonli til atamalarini tushunib olish kerak. Har bir til avvalo, tarixiy zarurat tufayli vujudga kelgan, fikrni fon bilan almashtiruvchi tovushli signal sistemasidir. Bu signal sistemasi ma’lum tartibga solingan yoki tabiiy ravishda rivojlanuvchi bo‘ladi. Bugungi mahorat darsida til tarixini o‘rganish va o‘rgatishga yondashuv, zamonaviy turkologlarning oldida turgan muhim vazifalar haqida ham qimmatli fikrlar bildirildi.