Tue, 10/03/2023 - 14:37
Turkiyada boburshunoslik
Universitetimizda doimiy ravishda xalqaro e'tirofga ega kademik professorlar tomonidan uchrashuv-trening darslari o'tkazib kelinadi. Ana shunday darslardan navbatdagi Anqara universiteti professori Ahmet Akalin tomonidan O'zbek filologiyasi fakulteti talabalari uchun tashkil etildi. Mavzu "Turkiyadagi boburshunoslik tadqiqotlari: Doktorlik va magistrlik dissertatsiyalari bo'yicha tavsifiy tadqiqot" deb nomlandi. Mashg'ulot davomida qardosh davlatda boburshunoslik ilmi, umuman, qadimiy Turon diyoridagi adabiyot, madaniyat, san'at, til bo'yicha olib borilayotgan tadqiqotlar va ularning natijalari haqida so'z yuritildi.

