Yangiliklar

img
Tue, 12/12/2023 - 16:13

Turkiy xalqlarning ardoqli farzandi

Joriy yilning 12-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida tashkil etilgan Qirg'iz tili va madaniyati markazi tashabbusi bilan  buyuk yozuvchi va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 95 yilligi munosabati bilan adabiy kecha tashkil etildi. Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov nafaqat qirgiiz eli, ayni paytda, butun turkiy mamlakatlar, jumladan, o'zbek xalqi uchun ham aziz va qadrli siymo, O'zbekistonning yaqin do'sti edi. Shu bois ham uning asarlarini barchamiz sevamiz, ardoqlaymiz. Universitetimizda tashkil etilgan Qirg'iz tili va madaniyati markaziga ham bejiz Chingiz Aytmatov nomi berilmagan.  Chingiz Aytmatov mintaqamiz tinchligi va osoyishtaligi, uning kelajagi va ravnaqi, xalqlarimiz o'rtasida do'stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, ularni turli ziddiyat va qarama-qarshiliklardan asrash yo'lida fidokorona faoliyat olib bordi.
Tadbirda universitetimiz olimlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

 

Tadbirda so'z olganlar hozirgi paytda Chingiz Aytmatovning o'lmas badiiy merosi xalqlarimiz uchun yanada muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida qayd etib o'tishdi.
Talabalar tomonidan adib asarlari syujetiga asoslangan turli sahna ko‘rinishlari sahnalashtirildi, she’r va monologlar ijro etildi. Tadbir so'ngida Chingiz Aytmatov nomidagi Qirg'iz tili va madaniyati markazining faol a'zolariga tashakkurnomalar topshirildi.