
Turkiy adabiyot tadqiqiga doir maxsus simpozium
Universitetimiz olimlari dunyoning turli nuqtalarida o'tkazilayotgan ilmiy anjumanlar, forum va simpoziumlarda muntazam qatnashib kelmoqdalar. Xususan, 20-22-sentabr kunlari Turkiya Respublikasining Ankara shahrida "Adabiyot, til va ta'lim" uluslararo simpoziumi bo‘lib o‘tdi. Simpoziumning asosiy ma'ruzachilaridan biri sifatida universitetimiz professori Marg'uba Abdullayeva taklif etildi. Simpozium ochilish marosimidan so‘ng taniqli olimlarning ma‘ruzalari tinglandi. Filologiya fanlari doktori Marg‘uba Abdullayeva mazkur simpoziumda "Turkiycha jir-yir janri haqida" ma‘ruza qildi. Turkiy adabiyot tadqiqiga bag‘ishlangan simpozium kelgusida ham an'anaviy tarzda o'tkazilib, turkiy xalqalarning tarixiy va zamonaviy adabiyotidagi muhim ilmiy mavzularni kun tartibiga olib chiqishni rejalashtirgan. .