
Turk dunyosining modernlashuvi
2023-yilning 1 - 4 noyabr kunlari Turkiyaning Izmir shahrida “Turk dunyosining modernlashuvi: Turk dunyosida roman va hikoya” nomli xalqaro simpozium bo’lib o’tdi. Dunyoning eng yaxshi 500 ta va Turkiyadagi eng yaxshi 10 ta ta'lim muassasasidan biri hisoblangan Egey universiteti tomonidan tashkillashtirilgan ushbu simpoziumda 10 ga yaqin davlatdan 60 dan olim ishtirok etdi.
Ushbu simpozium davomida turk dunyosi adabiyotining turli yo‘nalishlariga oid ilmiy ma'ruzalar o‘qib eshittirildi. Xususan, jadidlar va zamonaviy o‘zbek shoir-yozuvchilari ijodiga bag‘ishlangan chiqishlar ko‘pchilikning diqqatini tortdi.
Turkiya jumhuriyati tashkil topganining 100 yilligi hamda Ismoil Gaspirali xotirasiga atab tashkillashtirilgan ushbu simpoziumda universitetimiz professor-o‘qituvchilari filologiya fanlari nomzodi, dotsent Karomat Mullaxo‘jayeva o‘zining “Shoyim Bo‘tayevning “O‘tashan. Yettinchi tong” romanida davr va inson ruhiyatining badiiy talqinlari” va Husan Maqsudov "O‘zbek adabiyotining yangi ufqi" nomli ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.