
Turar joy borasida koʻmaklashuvchi maslahat markazi tashkil etildi
Joriy yilning 1-avgustidan yangi 2025/2026-o‘quv yiliga talabalarni munosib kutib olish hamda o‘quv yilining dastlabki kunlarida talabalarni turar joy bilan tezkor ta’minlash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida 1-avgustdan 10-sentyabrgacha bo‘lgan davr “dolzarb qirq kunlik” sifatida belgilandi.
2025/2026-o‘quv yiliga talabalarni munosib kutib olish va ularni turar joy bilan tezkor ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar” markazi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Markazda talabalarni turar joy bilan ta’minlash masalasida murojaatlar qabul qilinib, mas’ullar, tyutorlar va volontyorlar tomonidan talabalar hamda ularning ota-onalariga tezkor amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, universitet ishchi guruhi talabalar uchun universitetga yaqin hududlardagi ijaraga beriladigan xonadonlar bo‘yicha uy egalari bilan kelishuvlar olib bormoqda. Natijada ko‘plab talabalar yotoqxona va ijara uylariga joylashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.