Yangiliklar

img
Tue, 05/14/2024 - 10:46

To'yga to'yona bilan!

Xabaringiz bor 13-mayda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 8 yoshga to‘ldi. Mazkur sana arafasida talabalarimiz turli xalqaro tanlov va olimpiadalarda munosib ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qayd etishdi.  Kuni kecha Rossiya Federatsiyasining Volgograd shahrida o‘tkazilgan talabalarning xalqaro olimpiadasida universitetimizning Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti iqtidorli talabalari Axmedov Doston, Ro‘ziqulov Elyorbek muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 2- va 3- o‘rinlarni egallashdi! Ularning ustozi Zulxumar Jumanovaning e’tiroficha, tashkil etilganiga 8 yil bo‘lgan universitetimiz uchun bunday yutuqlar an’anaviy bo‘lib qoldi. Yana bir munosib sovg‘a – Xalqaro tanlovdagi g’oliblik. Gap shundaki, mazkur fakultetning 3 nafar iqtidorli talabasi: Azamjonova Gulsanam, Ubaydullaeva Mavluda, Kobilova Rayyonalar ingliz va rus tillaridagi O‘zbekiston muzeylaridan joy olgan yurtimizning iste’dodli rassomlari asarlarining o‘zbek tilida subtitr bilan tayyorlangan ishlari "Jonli natyurmort" Xalqaro tanlovida yuqori o’rinlarni qayd etdi. Ular tanlovning diplom va sertifikatlari bilan taqdirlanishdi. E’tiborlisi shundaki, tayyorlangan videolarning subtitri o‘zbek tilida bo‘lgani bois internetdan joy olgan bu videomateriallar ona tilimizni o‘rganayotgan xorijliklar uchun, san’at asarlari misolida amaliy yordam bo‘lishi aniq.   Oliygohda yaratilgan shart-sharoitlar natijasi o‘laroq  talabalarning qo‘lga kiritayotgan xalqaro miqyosdagi yutuqlari ko’paysin. O‘zbek tilini, universitetimizni dovrug‘ini dunyoda e’tirof etish yo‘lidagi  ishlar davomli bo‘lsin!