Yangiliklar

img
Thu, 09/28/2023 - 13:43

Toshkent Fransuz Alyansida ochiq eshiklar kuni

27-sentabr kuni Fransiya elchixonasi qoshidagi Toshkent Fransuz Alyansida “Ochiq eshiklar kunida biz bilan uchrashishga va Alliance Française de Tashkent  bilan tanishishga taklif” nomli tadbir tashkil etildi. Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi o’zbek tili va adabiyoti universiteti va Toshkent Fransuz Alyansi o'rtasida o'zaro hamkorlik va uni mustahkamlash maqsadida fransuz tili yo’nalishi 1-2-3 bosqich talabalari  hamda  ushbu tilni ikkinchi chet tili sifatida o’rganayotgan ingliz tili yo’nalishi talabalari, qolaversa,  ularga fransuz tilidan ta’lim berayotgan ustozlari ham faol ishtirok etishdi. Ochiq eshiklar kunida Fransiyaning O‘zbekistondagi  elchisi Oreliya Buchez xonim,  Toshkent Fransuz Alyansi direktori Dilshod Axmedov ,  elchixona ma’sullari, shuningdek,  talabalarimizning  fransuz tilini mukammal o’rganishlarida o’z hissalarini qo’shib kelayotgan volontyor o’qituvchilar Maxime Chene va Theo Gardeslar ham qatnashdilar. Universitetimiz talabalari  Fransuz Alyansi tomonidan tashkil etilgan tanlov va viktorinalarda qatnashib turli sovrinlarga, fransuzcha kitoblarga ega bo’lishdi. Bundan tashqari barcha talabalar Alyansning kitoblar fondi bilan  tanishib, bu kutubxonaga a’zo bo’lishdi.  Tadbirdan so’ng Fransuz Alyansi tomonidan tashkil etilgan Fransiya milliy taomlaridan iborat  bayram dasturxoni ham yoyildi. Bu mo'jaz dasturxon atrofida talabalarimiz Fransiyaning milliy taomlari va urf-odatlari bilan tanishishdi.