
ToshDO'TAUning xorijlik talabalari uchun nazorat imtihonlari boshlandi
ToshDOʻTAU har yili butun dunyo boʻylab eng iqtidorli talabalarni qabul qiladi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti xorijda til va adabiyotimiz targ'iboti hamda mazkur sohada kadrlar tayyorlash ishida samarali ishlar olib bormoqda. Shuningdek, ta’lim turlarini to’la qamrab olgan universitetimizning nafaqat an’anaviy, balki masofaviy ta’lim shaklida ham xorijlik talabalar tahsil olmoqda.
Jumladan, 2021-2022-o’quv yilida ToshDO’TAU masofaviy ta’lim shakli “O’zbek tili va adabiyoti” yo’nalishining 1-bosqich magistratura bo’limida jami 32 nafar qozog’istonlik fuqarolar ta’lim olib kelmoqda. Dars mashg’ulotlari universitetimiz professor-o’qituvchilari tomonidan Zoom va Moodle platformalarida o’tiladi. Xorijlik talabar nafaqat mukammal o’zbek tili, balki o’zbek milliy qadriyat va an’analari bilan ham yaqindan tanishib kelmoqda.
Bugun, joriy yilning 18-iyun kuni mazkur talabalarga yakuniy nazorat imtihonlari boshlandi. Imtihonlar universitetimiz professor-o’qituvchilaridan tuzilgan komissiya a’zolari tomonidan o’tkaziladi. Ma’lumot uchun, ToshDO’TAU masofaviy ta’lim shakli talabalari uchun 10 ta majburiy va 2 ta tanlov fanlari o’tiladi. Xulosa o’rnida aytganda, universitetimizda ta’lim olishning barcha turlari yaratilgan, xohlang an'anaviy, xohlang masofaviy shaklda ilm o’rganing.