Yangiliklar

img
Fri, 09/26/2025 - 16:34

ToshDO‘TAUda xalqaro ilmiy-metodik seminar tashkil etildi

2025-yil 26-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Otaqo‘zi Azizovich Azizov ilmiy-pedagogik faoliyatiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-metodik seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ToshDO‘TAU A.S. Pushkin nomidagi rus tili va madaniyati markazida tashkil etildi. Seminarda ToshDO‘TAU professor Zulxumor Xolmanova, dotsent Mahmadiyor Asadov va boshqa olimlar chiqish qildilar.

Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti, Tyumen davlat universiteti, Moskva davlat universiteti va ToshDO‘TAU olimlari hamda yosh tadqiqotchilar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

 

  

Seminarda Otaqo‘zi Azizovich Azizovning ilmiy merosi, tarjimashunoslik va o‘zbek tilshunosligi sohasiga qo‘shgan ulkan hissasi yoritildi. Yakunda savol-javoblar bo‘lib o‘tdi va tadbir ishtirokchilari ilmiy fikr almashdilar.