Yangiliklar

img
Thu, 11/05/2026 - 12:05

ToshDO‘TAU va Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti o‘rtasida akademik hamkorlik kengaymoqda

Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti hamda Xorijiy tillar kafedralari professor-öqituvçilari 2026-yil 3-5-noyabr kunlari Qozoğistonning Olmaota şahridagi Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetida akademik taşrif bilan böldilar.

Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, PhD, dotsent M. Asadov, PhD, dotsentlar N. Raşidova, Z. Bekmuradova, filologiya fanlari nomzodi, dotsent N. Sulaymonova hamda PhD Y. Dösmuradova va M. Muhammadiyevalar taşrif davomida mezbon universitet talabalariga ma’ruzalar öqib, özaro tajriba almaşdilar hamda ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantiriş masalalarini muhokama qildilar.

Taşrif davomida universitetimiz vakillari Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti Filologiya fakulteti rahbariyati tomonidan samimiy kutib olindi. Dastlab mezbon universitetning ta’lim tizimi, zamonaviy öquv infratuzilmasi, ta’lim binolari, universitet kutubxonasi hamda muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanişildi. Şuningdek, Filologiya fakulteti tarkibidagi A. Baytursinov nomidagi Qozoq tilşunosligi, Qozoq adabiyoti va adabiyot nazariyasi hamda Xorijiy filologiya va tarjima işi kafedralarining ilmiy-pedagogik faoliyati, bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlari, öqitiş metodikasi, ilmiy tadqiqot yönalişlari va erişilgan yutuqlari yuzasidan atrofliça ma’lumotlar olindi.

Mazkur muloqotlar davomida ikki universitetning turdoş kafedralari faoliyatidagi muştarak jihatlar, ta’lim dasturlarini takomillaştiriş, ilmiy tadqiqot natijalarini öquv jarayoniga tatbiq etiş hamda xalqaro ta’lim standartlariga mos kompetensiyalarni şakllantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Akademik taşrif doirasida universitetimiz professor-öqituvçilari mezbon oliy ta’lim muassasasi Filologiya fakultetining bakalavriat va magistratura talabalari uçun ma’ruza maşğulotlari olib bordilar. Maşğulotlar talabalar tomonidan katta qiziqiş bilan kutib olinib, mavzular yuzasidan faol savol-javoblar va ilmiy munozaralar taşkil etildi. Mezbon universitet vakillari uşbu maşğulotlarning talabalar bilimini boyitiş va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirişdagi ahamiyatini alohida ta’kidladilar.

Taşrif davomida ikki universitetning turdoş kafedralari professor-öqituvçilari iştirokida ilmiy-pedagogik faoliyat va xalqaro hamkorlik istiqbollariga bağişlangan davra suhbatlari ötkazildi. Muzokaralar natijasida bir qança xalqaro akademik va ilmiy faoliyat doirasida kelişuvlarga erişildi. Jumladan:

  • - professor-öqituvçilar va talabalar akademik almaşinuvini rivojlantiriş;
  • - qöşma xalqaro ilmiy loyihalarni amalga oşiriş;
  • - Scopus va Web of Science bazalarida indekslanadigan jurnallarda hamkorlikda maqolalar çop etiş;
  • - yuqori ilmiy körsatkiçlarga, jumladan, salmoqli h-indeksga ega professor-öqituvçilarni magistrlik dissertatsiyalari va doktorlik tadqiqotlariga ilmiy rahbarlik hamda ilmiy maslahat jarayonlariga jalb etiş;
  • - öquv dasturlari, innovatsion pedagogik texnologiyalar va ilmiy-metodik tajribalar almaşinuvini kengaytiriş böyiça hamkorlikni rivojlantiriş işlari tizimli yölga qöyilişi kelişildi.

Erişilgan mazkur kelişuvlar kelgusida akademik hamkorlikni amaliy natijalar bilan boyitiş va xalqaro ilmiy faoliyat samaradorligini oşirişga xizmat qiladi.

Uşbu xalqaro hamkorlik taşrifi Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetining xalqaro akademik maydondagi faolligini kengaytiriş, ilmiy salohiyatini yuksaltiriş, ta’lim sifatini oşiriş hamda Markaziy Osiyodagi yetakçi oliy ta’lim muassasalari bilan barqaror ilmiy hamkorlikni rivojlantiriş yölidagi muhim amaliy qadamlardan biri böldi.