Yangiliklar

img
Sat, 11/16/2024 - 14:56

ToshDO'TAU talabalari O‘rhun dasturi g'olibi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti (ToshDO'TAU) talabalari Abdullayeva Nasiba va Akbarova Mushtariy hozirda O‘rhun almashinuv dasturi bo‘yicha Turkiyaning Izmir shahridagi Ege universitetida tahsil olishmoqda.  

308-guruh talabasi Abdullayeva Nasiba Ege universitetining Ta’lim fakultetida (Eğitim Fakültesi), O‘zbek adabiyoti yo‘nalishi magistranti 2-kurs talabasi Akbarova Mushtariy esa Turk tili va adabiyoti fakultetida o‘qiyapti. O‘qish boshlanganidan beri talabalar turli madaniy va ilmiy tadbirlarda ishtirok etishmoqda.  

Ege universiteti tomonidan tashkil etilgan "Egega hush kelibsiz" haftaligi doirasida Nasiba va Mushtariy konsertlar va boshqa qiziqarli tadbirlarda qatnashdilar. Shuningdek, "Erasmus Days" haftaligi doirasida ham sermazmun tadbirlar va to‘garaklar o‘tkazildi. Masalan:  
- "Marbling art making" (ebru san’ati),  
- "Tile workshop" (kafel ustida san’at),  
- "Relay race" (estafeta musobaqasi),  
- "International lunch" (xalqaro oshxonalar namoyishi),  
- "Welcome cocktail" kabi ko‘ngilochar mashg‘ulotlar.

  

Bundan tashqari, O‘zbekiston tarixi va adabiyotiga oid muhim mavzular ham kun tartibida bo‘ldi. Jumladan, "Jadid matbuoti" mavzusida o‘tkazilgan ilmiy simpoziumda Akbarova Mushtariy faol ishtirok etdi.  

Bu dastur nafaqat talabalarni ilmiy va ijodiy jihatdan o‘stirishga, balki ularga turli millat vakillari bilan do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda. Talabalar O‘rhun dasturi orqali nafaqat o‘z sohalarini chuqurroq o‘rganish imkoniga ega bo‘lmoqda, balki xalqaro tajribaga ega bo‘lib, kelgusida malakali mutaxassis bo‘lib yetishish uchun mustahkam poydevor yaratmoqda.