Yangiliklar

img
Wed, 10/16/2024 - 15:09

ToshDO'TAU: farovonlik, rivojlanish va muvaffaqiyat sari yo'l!

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabalarga sifatli ta'lim berish va o'z ilmiy yo'nalishi bo'yicha tadqiqoqtlarni rag'batlantirish barobarida jamiyatning ijtimoiy hayotiga ta'sir qilish, global muammolarga yechimlar taklif etishga ham intilmoqda. Bu yo'nalishda universitet xalqaro bo'limi tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Bunday xayrli ishlarga universitet ko'ngilli talabalari ham jalb etiladi va kundan kun ularning safi kengaymoqda. 
Xususan, universitetning muvaffaqiyatga erishgan va jamiyatda o'zining munosib o'rnini topgan bitiruvchilar ishtirokida "Muvaffaqiyat sari" podkasti suratga olina boshlandi. Bu podkast talabalarga motivatsiya berish bilan birga, ularga hayotiy masalahatlar, muammoli vaziyatlarga yechimlar topish ko'nikmasini ham shakllatiradi.
Shuningdek, atrofimizdagi millionlab qizlarning oldidagi turli muammolar va hayotiy qiyinchiliklari haqida suhbatlashishni maqsad qilgan "Qizlar gapirsin!" podkasti ham iliq kutib olindi. Qariyb bir yil mobaynida podkastimizda muvaffaqiyatga erishgan qizlar, ijtimoiy faol psixolog, sotsiolog olimlar, ta'lim fidoyisi bo'lgan ayollar taklif etildi. Ular bilan o'tgan suhbatlarda biz ko'nikkan va aslida katta muammolarga sabab bo'layotgan ayrim kamchiliklar haqida so'z yuritildi. Minglab qizlar bu suhbatlardan o'zlariga zarur xulosalar chiqarishgani va hayotlarini o'zgartiradigan muhim qarorlarni qabul qilishda bizning mehmonlarimizdan kuch va ilhom olishganini yozishdi.

  

Bundan tashqari universitetimizda an'anaga aylangan ochiq muloqotlar (Public talks) ham e'tirofga sazovordir. O'tgan yillar davomida qariyb 50 ga yaqin shunday muloqotlar tashkil etildi hamda ko'plab yoshlar ularda ishtirok etdi. Ochiq muloqotlarga taklif etilayotgan ekspertlar turli soha vakillari bo'lishiga qaramay, ularning har biri yoshlarga eng yaxshi maslahatlarni, eng zarur bilimlarni berishmoqda.

  

Yangi o'quv yili boshidan buyon o'tkazilgan muloqotlarga san'atshunos olima, yapon madaniyati bo'yicha mutaxassis, AQShning Kaliforniya universitetida malaka oshirgan yosh tadqiqotchi Anna Pak, xorijiy grantlar sohibasi, xalqaro reytinglar bo'yicha mutaxassis Zuhra Hakimova, Fransiya va Germaniyada ilmiy ish yoqlagan, madaniy diplomatiya bo'yicha ekspert Adrian Huguet, Harvard universiteti tarix fanlari doktori, Leora Eyzenberg kabi mutaxassislar taklif etildi. 

Universitetning mazkur yo'nalishda olib borayotgan ishlari tahsinga savozor. Mazkur keng ko'lamli va tizimli faoliyat natijasi o'laroq ToshDO'TAU 2024-yilda nufuzli THE (Times Higher Education) Impakt reytingida dunyoning TOP-300+  universitetlaridan biri bo'ldi, gender tengligi ta'minlash bo'yicha esa jahonning kuchli o'nlikka kirdi.