ToşDÖTAUda doktoranturaga kiriş imtihonlari bölib ötdi
Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida 2027-yil uçun doktorantura (DSc) institutiga kiriş imtihonlari bölib ötdi. Imtihonlar ilmiy faoliyatini davom ettiriş, filologiya sohasida mustaqil tadqiqotlar olib boriş va ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirişga intilayotgan talabgorlar iştirokida taşkil etildi.
Kiriş imtihonlari oçiqlik, şaffoflik va xolislik tamoyillari asosida ötkazildi. Jarayonning borişi universitetning rasmiy axborot kanallari orqali onlayn translyatsiya qilindi. Bu esa imtihonlarning jamoatçilik uçun oçiqligini ta’minlaş, qabul jarayonini real vaqt rejimida kuzatiş va uning şaffofligiga bevosita guvoh böliş imkonini berdi.
Joriy qabul jarayonida universitet doktoranturasining törtta ixtisosligi böyiça jami 14 nafar talabgor iştirok etdi. Jumladan, 10.00.01 – Özbek tili ixtisosligi böyiça 5 nafar, 10.00.02 – Özbek mumtoz adabiyoti böyiça 2 nafar, 10.00.11 – Amaliy va kompyuter lingvistikasi böyiça 3 nafar hamda 10.00.14 – XX asr özbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon ixtisosligi böyiça 4 nafar talabgor öz bilim va ilmiy tayyorgarligini namoyon etdi.
Doktoranturaga qabul uçun jami 4 ta örin ajratilgan bölib, şundan 1 tasi maqsadli doktorantura uçun belgilangan. Imtihon davomida talabgorlarning tanlangan ixtisosliklari böyiça nazariy bilimlari, ilmiy adabiyotlar va mavjud tadqiqotlar bilan işlaş könikmalari, ilmiy muammolarni tahlil qiliş hamda mustaqil tadqiqot olib boriş salohiyatiga e’tibor qaratildi.
Ma’lumki, doktorantura instituti oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaş tizimining muhim bosqiçi hisoblanadi. Bu jarayonda talabgorlarning nafaqat mavjud bilimlari, balki tanlangan ilmiy yönaliş böyiça yangi ilmiy natijalarga erişiş imkoniyatlari, tadqiqot muammosini mustaqil anglaş va ilmiy asoslaş qobiliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Universitetda qabul jarayonlarining oçiq va şaffof taşkil etilişiga alohida e’tibor qaratilayotgani ilmiy kadrlar tayyorlaş sifatini oşiriş, iqtidorli tadqiqotçilarni qöllab-quvvatlaş hamda ilmiy faoliyatga kirib kelayotgan yoşlar uçun teng imkoniyatlar yaratiş borasidagi ustuvor vazifalarning amaliy ifodasidir.
Natijalar bilan tanişing:
DSc 10.00.11 - Amaliy va kompyuter lingvistikasi

