ToşDÖTAU va Qozoq-turk universiteti örtasida memorandum imzolandi
2026-yil 25–27-noyabr kunlari Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti professor-öqituvçilari akademik mobillik dasturi doirasida Qozoğiston Respublikasining Turkiston şahridagi Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universitetida ilmiy-amaliy safarda böldilar.
Taşrif davomida universitet professor-öqituvçilari mezbon oliy taʼlim muassasasi Filologiya fakulteti talabalariga maʼruzalar öqib, amaliy va seminar maşğulotlarini olib bordilar. Şuningdek, tomonlar ilmiy tadqiqotlar va xalqaro akademik hamkorlik masalalarida özaro tajriba almaşdilar.
Uçraşuvlar yakunida ikki universitet örtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan qator istiqbolli kelişuvlarga erişildi. Jumladan, qöshma dastur asosida Turkologiya magistratura mutaxassisligini ochish imkoniyatlari örganildi, universitetlar örtasida uzoq yillik istiqbolli rejalar muhokama qilinib memorandum imzolandi, Ğozi Olim Yunus xalqaro seminarini universitetlar hamkorligida taşkil qiliş, professor-öqituvçilar va talabalar almaşinuvini yölga qöyiş hamda hamkorlikdagi ilmiy maqolalarni çop etiş rejalaştirildi.

Mazkur taşrif ikki universitet örtasidagi ilmiy-pedagogik aloqalarni mustahkamlaş, özbek tilini xalqaro miqyosda tarğib qiliş va Markaziy Osiyo taʼlim makonidagi hamkorlikni kengaytirişda muhim qadam böldi.


