Yangiliklar

img
Fri, 12/06/2024 - 17:00

"To'maris izdoshlari" bellashuvi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 6-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “To‘maris izdoshlari” milliy tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Yakkasaroy tumani IIO FMB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor, kapitan M. Djumabayeva hamda katta leytenant M. Ismoilova ishtirok etdilar.
Mazkur tanlovning asosiy maqsadi xalqimizning boy tarixiy va ma’naviy merosiga hurmat bilan yondashishni targ‘ib qilish, milliy qadriyatlarimizni e’zozlash, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, ishtirokchilarning aql-zakovati va iqtidorlarini namoyon etishiga ko‘maklashish, shuningdek, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishdir. Tadbir doirasida ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish, ular manfaatlariga oid ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy masalalarni tizimli ravishda hal etish va munosib rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tanlov davomida hakamlar hay’ati ishtirokchilarning sohaga oid bilim darajasi, tezkorlik, zukkolik va chaqqonlik kabi qobiliyatlarini adolatli baholadi. Tadbir yakunida g‘oliblar diplomlar bilan taqdirlanib, rahbariyat tomonidan ularga munosib ehtirom ko‘rsatildi.