Yangiliklar

img
Wed, 04/05/2023 - 17:06

To'garaklarda nima gap?

Har doimgidek haftaning har chorshanbasi to'garaklar kunidir. Ushbu haftada ham barcha hunar o'rgatuvchi to'garaklar rejaga muvofiq faoliyat olib bordi. "Nafis fazilat" to'garagi a'zolari yangidan yangi shirinliklar va gazaklar tayyorlashni o'rganishgan bo'lsa, chevar qizlarimiz o'zlari yasagan qo'g'irchoqlari bilan ajoyib teatr tomoshasi tashkil etdilar. 
"Tasvir va tajalli" tog'aragi qizlarining yangi mo'yqalam ishlaridan ayratga tushdik. ENdilikda zamonaviy tasviriy san'at janrlarini uyg'unlashtirib yangicha uslubda yaratilayotgan kartinalar ko'zni quvontiradi. 


Bir so'z bilan aytganda, bugungi kun ham to'garaklarga a'zo bo'lgan talabalar uchun sermazmun o'tdi.