Yangiliklar

img
Tue, 11/12/2024 - 19:42

To'garaklar faoliyatidan

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida qator ilmiy, kasbiy va badiiy to'garaklar ish olib bormoqda. Xususan, Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasining til to'garaklarida ham muntazam o'quv mashg'ulotlari olib borilmoqda. Joriy yilning 12-noyabr kuni kafedra huzuridagi barcha to'garaklarda navbatdagi o'quv mashg'ulotlari bo'lib o'tdi. Jumladan, kafedra katta o'qituvchisi Zulxumor Jumanova rahbarligidagi "Rusiy so'z" (“Русское слово”), Nilufar Karimova rahbarligidagi “Le français est la langue de l'amour”, o'qituvchilar Sanobar Tursunova, Go'zal Mirzayeva, Zebo Salimova, Sabohat Bozorova, Farhad Adivarning “Guzel Turkcemiz”, dotsentlar Nargiza Rashidova, Nigora Sulaymonovalarning "Arab tili", Odiljon Safarovning "Sprache und Translation (Til va Tarjima)"  kabi to'garaklarida qiziqarliu mashg'ulotlar olib borildi.