Tilimizning eng qadimgi tarixi tadqiqiga doir simpozium
So'nggi yillarda barcha sohalarda bo'lgani kabi turkologiya sohasida ham rivojlanish yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Jumladan, turkiy tillarni diaxron aspektda o'rganish bo'yicha tadqiqotlar soni va sifati ortib bormoqda.Bu boradagi tadqiqotlar ko'lami kengayib borishi fonida, qadimgi oltoy xalqlarining tillarini o'rganishga bo'lgan qiziqish ham ortyapti. Kuni kecha qadimiy Xorazm diyorida “Tarix va filologiya sohalarida o‘zbek-mo‘g‘ul ilmiy aloqalari” mavzusidagi xalqaro simpozium tashkil etildi. Simpoziumda Respublikamiz oliy ta'lim muassasalari hamda Mo‘g‘uliston davlat universiteti professor-o’qituvchilari ishtirok ishtirok etishdi. Xususan, universitetimiz dotsenti Anvar Buranov ham ushbu ilmiy tadbirda qatnashib, "Oltoy tillar tarixi va leksikasi" mavzusida ma'ruza qildi.
Shu kabi ilmiy tadbirlarni muntazam o'tkazish mushtarak tariximizni tadqiq etishga rag'bat bo'ladi. Yangi tadqiqotlar va yangi tadqiqotchilar o'tmishimizning ochilmagan qo'riqlarini ochishadi.