Yangiliklar

img
Mon, 10/21/2024 - 18:17

Tilimiz – milliy boyligimiz

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisining “Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi hamda 21-oktyabr — Oʻzbek tili bayrami kunini mamlakatimiz boʻylab keng nishonlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 170-sonli bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida qator tadbirlar o'tkazildi. O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan 21-oktabr erta tongdan mamlakatimizning turli vazirlik, tashkilot va idoralari vakillari Adiblar xiyoboni hududidagi Alisher Navoiy haykali poyiga guldastalar qo'ydilar. Marosimda ToshDO'TAU rektori boshchiligida xodimlar va talabalar ishtirok etishdi. 
Bayram tadbirlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Alisher Navoiy haykali poyida davom etdi.
Talabalar tomonidan ona tilimiz sharafiga bag‘ishlangan ma’daniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.  
Kun davomida universitet majlislar zalida “Til - millat koʻzgusi” nomli adabiy-ma'rifiy tadbirlar oʻtkazildi. Ona tili va adabiyot ta'limi fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan kechada tilimiz tarovatini aks ettiruvchi sahna ko'rinishlari, qo'shiq va raqslar barchaga birdek manzur bo'ldi. Tadbirda so'zga chiqqanlar bo'lg'usi ustozlarga kelajakda o'z tilini sevuvchi, milliy qadriyatlarimizga sadoqatli yoshlar tarbiyasiga mas'ul ekanliklarini ta'kidladilar.