Yangiliklar

img
Sat, 10/24/2026 - 16:28

Til yaşasa — millat yaşaydi

2026-yil 22–23-oktabr kunlari Qirğiziston Respublikasining Öş davlat universitetida özbek va qirğiz tillariga davlat tili maqomi berilganligi munosabati bilan xalqaro ilmiy seminar hamda Til bayramiga bağişlangan ma’rifiy-madaniy tadbirlar bölib ötdi. Unda Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti vakillari, professor Saodat Muhamedova, dotsent Fayzulla Iskandarov hamda Qirğiz tili va madaniyati markazi direktori Ra’noxon Isamuddinova iştirok etdi.

22-oktabr kuni Öş davlat universitetidagi Özbek tili va madaniyati markazida “Özbekiston va Qirğiziston olimlarining til, adabiyot va madaniyat sohasidagi hamkorligi” mavzusida xalqaro ilmiy seminar taşkil etildi. Unda ikki mamlakat olimlarining tilşunoslik, adabiyotşunoslik va madaniyatşunoslikning dolzarb masalalariga bağişlangan ma’ruzalari tinglandi, ilmiy fikr va tajribalar almaşildi.

Muhokamalarda özbek va qirğiz xalqlarining muştarak ma’naviy qadriyatlari, tillari va adabiyotlarining özaro yaqinligi, adabiy-madaniy aloqalarni yanada rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Seminar yakunida ilmiy hamkorlikni kengaytiriş, qöşma tadqiqotlar olib boriş hamda ta’lim va madaniyat sohalaridagi aloqalarni yangi bosqiçga kötariş böyiça istiqbolli yönalişlar belgilab olindi.

Taşrif doirasida ToşDÖTAU vakillari Öş davlat universitetidagi Özbek tili va madaniyati markaziga özbek tili, adabiyoti va madaniyatiga oid kitoblar hamda milliy kiyimlar töplamini sovğa qildilar. Uşbu tuh f alar ikki xalq örtasidagi döstlik, ma’naviy yaqinlik va madaniy hamkorlikning ramziy ifodasiga aylandi.

23-oktabr kuni esa “Til yaşasa — millat yaşaydi!” mavzusida Til bayramiga bağişlangan katta ma’rifiy-madaniy tadbir bölib ötdi. Tadbirni Öş davlat universiteti Qirğiz filologiyasi fakulteti dekani Şaimqulov Ölçaboy Ahmatoviç olib bordi.

Dastlab Öş davlat universitetining xalqaro aloqalar böyiça prorektori Attaqurov Kursandbek Şarabiddinoviç sözga çiqib, tilning millat hayotidagi örni, milliy özlikni anglaş va avlodlar örtasidagi ma’naviy vorislikni ta’minlaşdagi ahamiyatini ta’kidladi. Şuningdek, özbek va qirğiz xalqlari örtasidagi tarixiy döstlikni mustahkamlaşda universitetlararo hamkorlik muhim örin tutişini qayd etdi.

Özbekiston Respublikasining Öş şahridagi konsuli Azamat Boltaev Aminoviç öz nutqida ikki qardoş xalqni birlaştirib turuvçi muştarak tarix, til, adabiyot va madaniy qadriyatlar haqida söz yuritdi. U xalq diplomatiyasi, ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni rivojlantiriş, yoş avlodda milliy tillarga hurmat va bağrikenglik tuyğularini şakllantiriş muhimligini alohida ta’kidladi.

Tadbir davomida Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Ş. S. Sirojiddinovning Til bayrami iştirokçilariga yöllagan samimiy tabrigi professor Saodat Muhamedova tomonidan öqib eşittirildi. Şuningdek, u universitet nomidan Öş davlat universiteti fakultetiga esdalik sovğalarini topşirdi.

Bayramning badiiy qismi iştirokçilarga kötarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar bağişladi. Talabalar özbek va qirğiz tillarida şe’rlar, qöşiqlar hamda sahna körinişlarini namoyiş etdilar. Ikki xalqning boy ma’naviy merosi, milliy urf-odatlari va san’atini aks ettirgan çiqişlar tadbirga özgaça fayz bağişladi. Bobur nomidagi Öş davlat özbek musiqali drama teatri aktyorlarining çiqişlari esa bayramning badiiy mazmunini yanada boyitdi.

Mazkur tadbirlarning ahamiyatli jihati şundaki, ular Öş davlat universitetida ToşDÖTAU taşabbusi bilan Özbek tili va madaniyati markazi faoliyati yölga qöyilganidan buyon ikki mamlakat olimlari hamkorligida muntazam ötkazib kelinmoqda. Uşbu ezgu an’ana nafaqat Til bayramini nişonlaş, balki özbek va qirğiz xalqlari örtasidagi döstlikni mustahkamlaş, ilmiy va ijodiy aloqalarni rivojlantiriş, yoş avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaşga ham xizmat qilmoqda.

Zero, til millatning ruhi, tarixi va ma’naviy qiyofasidir. Ona tiliga ehtirom boşqa xalqlarning tili va madaniyatiga hurmat bilan munosabatda bölişdan ham boşlanadi.