Til –millat va ma’naviyat koʻzgusi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2023-yil 5-oktabrdagi 179-sonli “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi hamda 21-oktabr “O‘zbek tili bayrami kunini mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi majlis bayonining 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda turli uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Bunday tadbirlarda universitetimiz professor-oʻqituvchilari faol ishtirok etishmoqda. Xususan, joriy yilning 16-oktabr kuni Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasida davlat tili qabul qilingan kun munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Inspeksiya binosida o‘tkazilgan majlisda O‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi (PhD) M.B.Shamsiyeva o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

2023- yil 16-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti katta o‘qituvchilari D.Jumashov va M.Madaminovalar Toshkent shahar milliy gvardiyasi boshqarmasida "Til–millat va ma'naviyat koʻzgusi" mavzusidagi tadbirda ma'ruzalar qilishdi. Tadbirda boshqarma boshlig’i Botir Joʻrayev ishtirok etdi. Tadbirda munozarali savol-javoblar bo‘ldi. Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.


