Tayanç doktoranturaga kiriş imtihonlarining yakuniy natijalari bilan tanişing!
Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida 2027-yil uçun tayanç doktorantura (PhD) bosqiçiga qabul doirasida kiriş imtihonlari yakunlandi.
Imtihonlarda ilmiy faoliyatini davom ettiriş, filologiya sohasida mustaqil tadqiqotlar olib boriş va ilmiy salohiyatini rivojlantirişga intilayotgan talabgorlar iştirok etdi. Sinovlar oçiqlik, şaffoflik va xolislik tamoyillari asosida taşkil etilib, jarayonning borişi universitetning rasmiy axborot kanallari orqali onlayn translyatsiya qilindi.
Kiriş imtihonlari davomida talabgorlarning tanlangan ixtisosliklari böyiça nazariy bilimlari, ilmiy adabiyotlar va mavjud tadqiqotlar bilan işlaş könikmalari, ilmiy muammolarni tahlil qiliş hamda mustaqil tadqiqot olib boriş salohiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Tayanç doktorantura bosqiçi oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaş tizimining muhim böğini hisoblanadi. Mazkur bosqiçga qabul jarayonining şaffof taşkil etilişi iqtidorli yoş tadqiqotçilarni qöllab-quvvatlaş va ilmiy izlanişlar uçun munosib şaroit yaratişga xizmat qiladi.
2027-yil uçun tayanç doktoranturaga kiriş imtihonlarining yakuniy natijalari bilan quyidagi havolalar orqali tanişişingiz mumkin:
10.00.01 - Özbek tili natijalar
10.00.02 - Özbek mumtoz adabiyot
10.00.04 - Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti
10.00.05 - Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti
10.00.06 - Qiyosiy adabiyotşunoslik va tarjimaşunoslik
10.00.07 - Adabiyot nazariyasi
10.00.10 - Matnşunoslik va adabiy manbaşunoslik
10.00.11 - Amaliy va kompyuter lingvistikasi
10.00.13 - Qiyosiy va çoğiştirma tilşunoslik

