Tayanç doktoranturaga kiriş imtihonlari bölib ötdi
Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida 2027-yil uçun tayanç doktoranturaga kiriş imtihonlari bölib ötdi. Imtihon jarayonini universitet rektori, akademik Şuhrat Sirojiddinov kiriş sözi bilan oçib berdi.
Rektor imtihon avvalida talabgorlarga murojaat qilib, tayanç doktorantura ilmiy salohiyatli yoş kadrlarni tayyorlaş, yangi ilmiy natijalarni qölga kiritiş va mamlakat ilm-fani taraqqiyotiga munosib hissa qöşişda muhim bosqiç ekanini ta’kidladi. Ilmiy faoliyat çuqur bilim, mustaqil fikrlaş, izçil izlaniş va yuksak mas’uliyatni talab etişini qayd etib, talabgorlarning kelgusidagi tadqiqotlari universitet ilmiy salohiyatini yanada oşirişiga işonç bildirdi.
Joriy qabul jarayonida universitetning filologiya, tilşunoslik, adabiyotşunoslik, tarjimaşunoslik va ta’lim metodikasi kabi ilmiy yönalişlarini qamrab olgan 13 ta ixtisosligi böyiça jami 196 nafar talabgor suhbatdan ötkazildi. Suhbatlar davomida talabgorlarning tanlagan mutaxassisligi böyiça bilim darajasi, ilmiy izlanişlarga tayyorgarligi va mustaqil tadqiqot olib boriş salohiyatiga baho berildi.
Xususan, talabgorlarning ilmiy mavzulari yuzasidan qaraşlari, tadqiqot muammosini anglaş darajasi, ilmiy manbalar bilan işlaş könikmalari, nazariy bilimlarni tahlil qiliş va mustaqil ilmiy xulosalar çiqariş qobiliyati sinovdan ötkazildi. Suhbatlar belgilangan tartib va mezonlar asosida, oçiqlik, xolislik va şaffoflik tamoyillariga muvofiq taşkil etildi. Jarayonlarning oçiqligini ta’minlaş maqsadida suhbatlar onlayn tarzda ham translatsiya qilindi. Bu esa imtihonlarning borişini keng jamoatçilik kuzatib borişi uçun imkoniyat yaratdi.
Natijalar bilan tanişing:
10.00.02 - Özbek mumtoz adabiyot
10.00.04 - Yevropa, Amerika va Amerika xalqlari tili va adabiyoti
10.00.05 - Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti
10.00.06 - Qiyosiy adabiyotşunoslik va tarjimaşunoslik
10.00.07 - Adabiyot nazariyasi
10.00.10 - Matnşunoslik va adabiy manbaşunoslik
10.00.11 - Amaliy va kompyuter lingvistikasi
10.00.13 - Qiyosiy va çoğiştirma tilşunoslik

