Yangiliklar

img
Fri, 05/17/2024 - 11:41

Tarjima va tafakkur

Xorijiy tillar kafedrasi va Pushkin nomidagi rus tili va  madaniyati markazi tomonidan "Hayot etadi davom" deb nomlangan tarjimalar va tarjimonlar hayoti, ijodiga bagishlangan  she’riyat kechasi  tashkil etildi.  O’zbek  tili va adabiyotining rivojiga munosib hissa qo’shgan  tarjimon, shoir, dramaturg Ramz Bobojon haqida ijodkorning qizi  filologiya fanlari nomzodi, dotsent Kamola Bobojonova hikoya qilib berdi. Uchrashuv davomida Ramz Bobojon hayoti va ijodiga bag’ishlangan video namoyish qilindi. Talabalar va ustozlar Pushkin asarlari tarjimalardan parchalar o’qishdi. O’zbek tilini rivojlantirish, dunyoni o’zbekona tafakkur qilishning o’ziga xosligi haqida falsafiy mulohazalar tahlil qilindi. Xorijiy tillar kafedrasi mudiri Nargiza  Rashidova  universitetimizning asosiy missiyasi – o’zbek tili, adabiyoti va madaniyatini dunyo hamjamiyatiga yaqinroq tanitirishdan iboratligi, bu borada tarjimaning ahamiyati haqida so’z yuritdi. Madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlashda,  yosh tarjimonlarda   zarur malaka va ko’nikmalarni shakllantirishda bu kabi tadbirlarning ahamiyati kattadir. Kamola Bobojonova tadbir qatnashchilarini nashrga tayyorlanayotgan tadqiqot va badiiy tahlil natijalari, to’plamlar bilan tanishtirdi. Uchrashuvda ustozlar va talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi va kelgusida ha shu kabi ijodiy muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.