Yangiliklar

img
Sat, 09/12/2026 - 14:14

Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasida davra suhbati

Magistratura bosqichiga yangi qabul qilingan talabalar bilan Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘quv va ilmiy-tadqiqot faoliyatiga oid masalalar yuzasidan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatini Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, dotsent Mahmadiyor Asadov olib bordi.

Uchrashuv davomida magistrlar bilan samimiy muloqot o‘rnatilib, ularning tarjimashunoslik, tarjima nazariyasi va amaliyotiga bo‘lgan qiziqishlari, ilmiy izlanishlari hamda kelgusidagi rejalari yuzasidan fikr almashildi.

Davra suhbatida magistrlarga magistratura bosqichida ta’lim olishning o‘ziga xos jihatlari, mustaqil ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatini samarali tashkil etish, tarjima jarayonining nazariy va amaliy asoslarini chuqur o‘rganish, ilmiy manbalar bilan ishlash, tarjima matnlarini tahlil qilish, tadqiqot mavzusini to‘g‘ri shakllantirish va ilmiy izlanishlarni izchil olib borish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Shuningdek, magistrlarning tarjimashunoslikka oid bilimlarini mustahkamlash, ilmiy salohiyatini oshirish, tarjimonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, zamonaviy tarjima metodlaridan foydalanish hamda turli tillar va madaniyatlar o‘rtasidagi lingvomadaniy xususiyatlarni qiyosiy o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Suhbat davomida magistrlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot faoliyati, ilmiy maqola tayyorlash hamda magistrlik dissertatsiyasi ustida ishlash bo‘yicha zarur tavsiyalar oldilar.

 

Davra suhbati yakunida magistrlarga kafedra professor-o‘qituvchilari bilan faol hamkorlik qilish, tarjimashunoslikka oid ilmiy manbalarni muntazam o‘rganish, mustaqil ilmiy izlanish olib borish, tarjima ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda magistratura bosqichida yuqori natijalarga erishish yuzasidan tavsiyalar berildi.