
Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi ilmiy-seminari tafsilotlari
2025-yil 25-aprel kuni “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi qoshidagi ilmiy-nazariy seminar muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Mahmadiyor Asadov “Dissertatsiya va avtorreferatlarni rasmiylashtirish tartibi”, Yulduz Sattorova “Aforistik ifodalarning kognitiv tasnifi”, Shahzoda Hamroyeva “O‘zbek va ingliz badiiy diskursida muallif mushohadasining semantik-stilistik tuzilishi” hamda Shahnoza Nazarova “Jahon tilshunosligida nutqiy etiket masalalari” mavzularida qiziqarli ma’ruzalar bilan chiqish qildi. Ishtirokchilar tadqiqot metodologiyasi, nazariy asoslar va amaliy tatbiq bo‘yicha savol-javob sessiyasida faol qatnashib, yuzaga kelgan savollarga javob oldilar. Seminar yakunida barcha ma’ruzachilarga, fakultet a’zolari hamda talabalar va professor-o‘qituvchilarga minnatdorlik bildirildi. Keyingi ilmiy uchrashuvlar tafsilotlari fakultet plakatlari va rasmiy veb-saytda e’lon qilinadi.