Yangiliklar

img
Wed, 02/05/2025 - 12:35

Tarjima nazariyais va amaliyoti kafedrasining ilmiy-seminari bo'lib o'tdi

2025-yil 4-fevral kuni Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi qoshida tashkil etilgan ilmiy-nazariy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminar doirasida bugungi kunda turli dolzarb mavzular ustida ilmiy tadqiqot olib borayotgan izlanuvchi tadqiqotchilar o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Ma’ruzachilar zamonaviy yondashuvlar bilan boyitilgan ilmiy ma’lumotlarni taqdim etib, o‘z fikr-mulohazalarini bayon qildilar.  
Seminar davomida tarjima nazariyasi va amaliyotiga oid eng so‘nggi ilmiy yutuqlar, zamonaviy metod va texnologiyalar hamda tarjimonlik faoliyatida uchraydigan muammolar haqida atroflicha fikr yuritildi. Tadqiqotchilar o‘z taqdimotlarida xalqaro tajribalarni tahlil qilib, tarjima jarayonida duch kelinayotgan qiyinchiliklar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari haqida o‘z qarashlarini bildirdilar.  
Tadbir ishtirokchilari ilmiy ma’ruzalardan so‘ng mavzular yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib, qizg‘in bahs-munozaralar olib bordilar. Ayniqsa, tadqiqotchilar va universitet professor-o‘qituvchilari o‘rtasida ilmiy muloqot muhiti shakllanib, ilg‘or g‘oya va takliflar ilgari surildi. Seminar ilmiy fikr almashinuvi, yangi yondashuvlar va innovatsion qarashlarning shakllanishi uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi. Shuningdek, bunday tadbirlar tarjima nazariyasi va amaliyotini yanada rivojlantirish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.