Yangiliklar

img
Wed, 03/29/2023 - 14:29

Tarixni jonlantirgan film namoyishi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan Milliy Kinomatografiyani rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda bir nechta taqdimotlar o'tkazish rejalashtirilgan. Bugun ham  ushbu reja asosida "Qo'qon shamoli" filmi namoyishi bo'lib o'tdi.  Film namoyishida Ijtimoiy-gumanitar fanlar hamda O'zbek filologiyasi fakulteti talabalari ishtirok etdishdi. Milliy tariximiz va adabiyotimiz sahnida yorqin siymolar sanalgan Qo'qon xoni Amir Umarxon (Amiriy) hamda Nodirabegim hayoti haqidagi haqqoniy tarixga asoslangan film talabalarda katta taassurot qoldirdi. Bu film katta ekranlarga chiqqanidan buyon ma'lum vaqt o'tdi, ammo tomoshabin uni qayta-qayta ko'rishdan zerikmaydi. Tarbiyaviy va badiiy ahamiyati jihatidan ham bu film ancha salmoqli. 
Ma'lum qilamiz, ushbu taqdimotlar doirasida talabalar kelgusi haftalarda  "Avf”, “Vatan ostonasida”, “Baron-2” kabi  filmlardan bahramand bo‘ladilar.