Yangiliklar

img
Sun, 11/02/2025 - 17:40

Tarixiy jarayonlarda muhim ishtirok

Samarqand shahrida ilk bor o‘tkazilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi mamlakatimiz tarixida yirik xalqaro voqea sifatida qayd etildi. Bu nufuzli anjuman O‘zbekistonning ta’lim, fan va madaniyat sohalarida jahon hamjamiyatidagi o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganining amaliy ifodasidir.
Sessiyada dunyoning 190 dan ortiq davlatlaridan ta’lim, fan va madaniyat sohasiga mas’ul vazirlar, YUNESKOga a’zo mamlakatlar delegatsiyalari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Mazkur tarixiy jarayonda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov ham faol ishtirok etdi. U delegatsiya tarkibida Xitoy Xalq Respublikasi ta’lim vaziri Xuay Tszinpen boshchiligidagi rasmiy uchrashuvlarda hamrohlik qildi va YUNESKO sessiyasi doirasida o‘tkazilgan xalqaro muloqotlarda qatnashdi.
Akademik Shuhrat Sirojiddinov O‘zbekiston hukumati nomidan xalqaro mehmonlarga esdalik sovg‘alarini taqdim etdi, bu esa mamlakatimizning YUNESKO doirasidagi madaniy diplomatiya va ta’lim sohasidagi faol ishtirokining ramziy ifodasi bo‘ldi.

 

Shuningdek, rektor Samarqandda o‘tkazilgan uchrashuvlarda delegatsiya a’zolari bilan birgalikda YUNESKO sessiyasi ishtirokchilari bilan muloqotlar olib bordi, O‘zbekistonning xalqaro ta’lim makonidagi o‘rnini yanada mustahkamlash, Xitoy va boshqa davlatlar bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

 

Mazkur sessiya O‘zbekiston ta’lim tizimining global nufuzini oshirish, ilg‘or tajribalarni joriy etish hamda milliy ta’lim va madaniyatni xalqaro miqyosda targ‘ib etish yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi.