
Tue, 01/28/2025 - 13:34
Tanlovda ishtirok eting!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasidagi “Istiqbolli startap loyihalar dasturi”ni e’lon qiladi. Tanlovga iqtidorli yoshlar va yosh olimlarning ilmiy va innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish hamda ularning ilmiy ijodiy g‘oyalari, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning muammolari yechimiga qaratilgan ilmiy g‘oyalar qabul qilinadi. Tanlovda universitetda ta’lim olayotgan 40 yoshgacha bo‘lgan talabalar, magistrlar va doktorantlar ishtirok etishlari mumkin.
Quyidagi tanlov Nizomi orqali tanlov haqida to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin. Yuklab olish