Taniqli o'zbek olimiga ToshDO'TAU faxriy professori unvoni topshirildi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Kengashining 2023/2024 o'quv yili yakunlariga bag'ishlangan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda o'quv yili yakuni bo'yicha soha prorektorlarining hisobotlari tinglandi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan kelib tushgan qator Farmon, Qaror va buyruqlar haqida ma'lumotlar berildi. Universitetning yangi o'quv yilidagi ustuvor vazifalari muhokama qilindi. Kengashda, shuningdek, O‘zbekistonda sotsiologiya ilmining asoschisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Sotsiologiya ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy kengash raisi, mazkur akademiyaning “Sotsiologiya va boshqaruv psixologiyasi” kafedrasi mudiri Mansur Bekmurodovga Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU faxriy professori unvoni topshirildi..Mansur Bekmurodov O‘zbekistonda sotsiologiya fanining shakllanishiga salmoqli hissa qo‘shgan, bu fan sohasi bo‘yicha birinchi bo‘lib fan doktori ilmiy darajasiga va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan olimdir. ToshDO'TAUda ochilgan sotsiologiya ta'lim yo'nalishi talabalarining kelgusida yetuk kadr bo'lib, mehnat bozorida o'z o'rinlarini topishlari uchun Mansur Bekmurodovdek olimlardan saboq olishlari g'oyat muhim sanaladi. Unvonni qabul qilib olgach, olim universitet jamoasi va rahbariyatiga ushbu e'tibor va e'tirof uchun minnatdorlik izhor qildi.