Yangiliklar

img
Tue, 05/28/2024 - 16:37

Ta'limda raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektning o'rni

Universitetimiz olimlari dunyoning turli nuqtalarida bo'lib o'tayotgan turli ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, kuni kecha  Qozog'istonning mashhur Nazarbaev universitetida  bo‘lib o‘tayotgan xalqaro seminar-treningda Ona tili va adabiyot ta'limi fakulteti dekani Marg‘uba Abdullayeva,  tayanch doktorant Iroda Umarovalar ishtirok etishmoqda. "Sun‘iy intellekt va raqamli texnologiyalarning  ta‘lim va til o‘qitish, ilmiy tadqiqotlar sohasida samarali integratsiyasi" mavzusidagi seminarda xalqaro mutaxassislar jalb etilgan.  Ushbu xalqaro seminar-treningda oliy ta‘limda sun‘iy intellekt va raqamli texnologiyalarning o'rni, ulardan til o‘qitishda samarali foydalanish bo‘yicha  amaliy ko‘nikmalar berildi. Miro.com platformasi, video materiallar tayyorlashda -invideo AI, taqdimot tayyorlaydigan dasturlar hamda ChatGPT haqida nazariy-metodik bilimlarni o'rgandik. Seminar turli davlatlardan ishtirok etayotgan professor-o‘qituvchilar uchun samarali bo'ldi. Kunning ikkinchi yarmida Ona tili ta‘limi kafedrasi tayanch doktoranti Irodaxon Umarovaning ma'ruzasi seminar ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.  Sun‘iy intellekt dasturlari bo‘yicha nazariy ma'lumotlar hamda shu dasturlarni til o‘qitishda amaliy jarayonda qo‘llab bergani bilan dolzarblik kasb etdi.