
Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tashkil etiladi
“Taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi Prezident Farmoni (PF-76-son, 05.05.2025-y.) qabul qilindi.
Farmonning asosiy maqsadi taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash mexanizmlarini belgilash hamda koʻrsatilayotgan taʼlim xizmatlari sifatini oshirishdir.
Farmonga koʻra, Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi (Agentlik) tashkil etiladi.
Agentlik mazkur sohada maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Agentlik oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini (taʼlim tashkilotlari) kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazadi. Bunda:
kompleks davlat akkreditatsiyasi har 5-yilda taʼlim tashkilotlarini tashqi baholash natijalari asosida oʻtkaziladi;
maxsus davlat akkreditatsiyasi kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilayotgan taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv jarayoni boshlanishidan oldin oʻtkaziladi.
Shuningdek, Agentlik taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining zamonaviy mehnat bozori talablariga mosligini oʻrganish maqsadida Umummilliy ish beruvchilar soʻrovnomasini oʻtkazadi.
Farmon matni bilan tanishish!