TA'LIM KREDITI BO'YICHA PREZIDENT QARORI IMZOLANDI
«Oliy, o'rta maxsus va professional ta'lim tashkilotlarida xotin-qizlarning ta'lim olishlarini qo'llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to'g'risida» gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qonunchilikka ko'ra, 2022/2023-o'quv yilidan respublikadagi barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy, o'rta maxsus va professional ta'lim tashkilotlarida kunduzgi, sirtqi va kechki ta'lim shaklida xotin-qizlarning to'lov-kontrakt asosida tahsil olishi uchun imtiyozli shartlarda ta'lim kreditlarini moliyalashtirish maqsadida banklarga Davlat byudjetidan mablag' ajratishning yangi tizimi joriy etilgan.
Qarorga ko'ra:
- ta'lim kreditlari 14 % stavkada ajratiladi;
- ta'lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o'qish muddati tugagandan so'ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi;
- ta'lim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbaiga ega bo'lgan oila a'zolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi;
- «Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan ta'lim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.
Ta'lim krediti bo'yicha foiz stavkalari Ta'lim kreditini moliyalashtirish jamg'armasi tomonidan so'ndiriladi.
Batafsil: PQ–323-son, 18.07.2022-y