Yangiliklar

img
Fri, 02/21/2025 - 12:21

Ta’lim boshqaruvidagi o‘zgarishlar muhokamada

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Mazkur Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Sport vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining nomlanishi va vakolatlari, shuningdek Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining nomlanishi borasida tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi belgilangan.

  

Tadbirda professor-o‘qituvchilar va talabalar mazkur qonunning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, ular mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.