
Talalabalar takliflari o'rganildi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Gulnoza Jo‘rayeva talabalar turar joyida bo‘lib, talabalar bilan uchrashdi.
Suhbat davomida talabalar turar joyidagi sharoitlar, yoshlarning ta’lim va turmush tarzi hamda duch kelayotgan muammolari muhokama qilindi. Mas’ul xodimlar tomonidan talabalar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
Shuningdek, imkoniyati cheklangan talabalarning yashash sharoitlari o‘rganilib, ularga zaruriy ko‘mak ko‘rsatish masalasi muhokama qilindi. Universitet rahbariyati talabalarning farovonligini ta’minlash hamda turar joydagi muhitni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirdi.
Bunday uchrashuvlar muntazam ravishda tashkil etilib, talabalar uchun qulay sharoit yaratish yo‘lida izchil ishlar olib boriladi.