Yangiliklar

img
Wed, 12/14/2022 - 12:32

Talabamizning yangi qo'llanmasi nashrdan chiqdi

Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʼzbek tili va adabiyoti universiteti Oʼzbek tili taʼlimi fakulteti Oʼzga tilli guruhlarda oʼzbek tili taʼlim yoʼnalishi 3-kurs 302-guruh talabasi Rahmatova Manzura muallifligida “Легко и просто. Русский язык  для иноязычных групп” (Toshkent: BOOK TRADE KO, 2022, 336 b.) oʼquv-metodik qoʼllanmasi nashr qilindi. Rahmatova Manzura 1-kursda oʼqiyotgan vaqtidan boshlab rus tilini oʼrgatishga qiziqqanligi tufayli universtetda rus tili toʼgaragini ochish tashabbusi bilan chiqqan edi. Universitet rahbariyatining qoʼllab-quvvatlashi tufayli M.Rahmatova ikki yildan beri 1- talabalar turar joyida darsdan boʼsh paytlarida Rus tili toʼgaragida oʼz tengdoshlariga rus tilini oʼziga xos metodika yordamida oʼrgatib kelmoqda. Shunga koʼra mazkur kitob universitet rahbariyatining bergan motivatsiyasi, M.Rahmatovaning til oʼrgatish borasidagi shaxsiy tajribalari, ustozi – ilmiy rahbari filologiya fanlari nomzodi, dotsent Xurshida Qodirovaning oʼgitlari asosida yaratildi va bugungi kunda jamoatchilikka taqdim qilindi. Qoʼllanma 33ta darsdan iborat boʼlib, undagi har bir darsda muayyan mavzu aynan oʼquv topshiriqlari, mashqlar, savollar orqali oʼzlashtiriladi, yaʼni rus tilining fonetik, leksik, grammatik oʼziga xosliklari topshiriqlar bajarish orqali oʼrgatiladi. Shuningdek, qoʼllanmaga oʼqish uchun matnlar, oʼquv qoʼllanma boʼyicha 100 ta savol, lugʼat, rus tilida eng koʼp qoʼllanadigan dialoglardan namunalar ilova qilingan.


Hozirgi kunda fakultet professor-oʼqituvchilari va talabalari hamkorligida “Самоучитель узбекского языка” kitobi ustidagi ishlar davom etmoqda.