
Talabamiz ilmiy anjumanda gʻolib boʻldi
Talaba-yoshlarning ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishlarini qoʻllab-quvvatlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, xalqaro ilmiy anjumanlarda munosib ishtirokini taʼminlash bugungi kunda oliy taʼlim muassasalari oldidagi ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
2025-yil 9-aprel kuni Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 3-bosqich talabasi Axmadov Dostonbek Rossiya Federatsiyasida oʻtkazilgan 75-xalqaro talabalar ilmiy konferensiyasida faol ishtirok etdi.
Mazkur nufuzli ilmiy anjumanda 20 dan ortiq xorijiy davlatlar talabalari qatnashdi. Axmadov Dostonbek “Ijtimoiy fanlarning dolzarb masalalari” shoʻbasida “Chingiz Aytmatov asarlarining oʻzbekcha tarjimalarida nomlar masalasi” mavzusidagi ilmiy maqolasi bilan ishtirok etib, faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Bu singari muvaffaqiyatlar universitetimizning xalqaro miqyosdagi ilmiy salohiyatini namoyon etadi.
Axmadov Dostonbek va uning ilmiy rahbari — Zulxumor Jumanovani ushbu gʻalaba bilan samimiy tabriklaymiz va unga kelgusi ilmiy izlanishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.