Talabalarning shaxsiy rivojlanish kuni
Universitetimizda haftaning har chorshanbasi talabalarning shaxsiy, ma'naviy-ma'rifiy rivojlanish kuni sifatida juda qadrlanadi. Bu kunda universitetimizning barcha ilmiy, ijodiy va kasbiy to'garaklari faoliyat olib boradi, turli adabiy-badiiy kechalar tashkil etiladi, axborot va murabbiylik soati bo'lib o'tadi. Bugungi axborot va murabbiylik soati “Yangi O‘zbekiston yoshlari bugunimiz va
istiqbolimiz poydevori” mavzusiga bag'ishlandi. Unda jamiyatimiz hayotida ro'y berayotgan muhim yangilanishlar haqida fikr yuritildi.
Ona tili va adabiyot ta'limi fakulteti talabalari uchun "Uyg'onish" kitoblar to'plami taqdimoti o'tkazildi. Yoshlar ishlari agentligi hamda “Anorbooks” nashriyoti hamkorligida nashr etilgan “Uyg’onish” kitoblar to'plami millatimiz faxri bo'lgan buyuk bobokalonlarimiz hayoti va faoliyatiga bag'ishlanadi.






